Samarqand II Iqtisodiy anjumanida madaniy diplomatiya masalalari muhokama qilindi

03.11.2022
O‘qish vaqti: 2 min.
2022-yil 3-noyabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan II O‘zbekiston Iqtisodiy Forumi doirasida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan “Kreativ iqtisodiyot – madaniy divident” mavzusida yalpi majlis bo‘lib o‘tdi.
Ijodiy tarmoqlarini rivojlantirishda muzey va madaniyat muassasalarining o‘rni, kreativ sanoatning mamlakat iqtisodiyotining yuksalishiga ta’siri yig‘ilishning asosiy mavzulari bo‘ldi. Misol tariqasida hunarmandchilik, barqaror rivojlanish sohasidagi loyihalar, shuningdek, madaniy diplomatiyani mustahkamlashga qaratilgan yirik xalqaro ko‘rgazma loyihalari ko‘rib chiqildi.
Yalpi majlisda so‘zga chiqqanlar:
- Gayane Umerova, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktori;
- Irina Bokova, siyosiy va jamoat arbobi. 2009–2017-yillarda YUNESKO Bosh direktori (Bolgariya);
- Borina Andrie, Wilmotte & Associés me’morchilik byurosining boshqaruvchi direktori (Fransiya);
- Benedetta Jion, Art Dubai xalqaro san’at yarmarkas ijrochi direktori (BAA);
- Vilma Jurkute, Alserkal Initiatives ijrochi direktori, GCDN boshqaruvi a’zosi (BAA);
Moderator: Ijodiy direktor va kurator, strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchi Siril Zammit moderator bo‘ldi.