Logo

Toshkent, O‘zbekiston
2024-yil 2–4-oktabr

Jamg‘arma - Istanbul kreativ sanoat sohalarda strategiya ishlab chiqish anjumani ishtirokchisi

Jamg‘arma - Istanbul kreativ sanoat sohalarda strategiya ishlab chiqish anjumani ishtirokchisi

23.11.2022

O‘qish vaqti: 2 min.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Istanbulda bo‘lib o‘tgan "Ijodkorlik sanoatida siyosatni ishlab chiqish" xalqaro anjumanida ishtirok etdi.

Anjuman 2022-yilning 23–24-noyabr kunlari Britaniya Kengashi tashabbusi bilan chaqirilgan Ijodiy sanoatni rivojlantirish siyosati va dalillari markazi huzuridagi Xalqaro kengashning Madaniy va ijodiy sohalar bo‘yicha jahon kun tartibini amalga oshirish maqsadida tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi “Hududiy tashabbuslar bo‘yicha tajriba almashish va mavzuga oid tadqiqotlar” sho‘basi ishtirokchisi bo‘lib, unda O‘zbekiston loyihalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Ta’lim va inklyuzivlik boshqarmasi boshlig‘i Madina Badalova O‘zbekiston namoyandasi bo‘ldi.

2024-yilda O‘zbekistonda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etiladigan IV Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasida ijodiy iqtisodiyot sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda g‘oya va tajribalar almashish uchun qulay minbar taqdim etiladi.