Logo

Toshkent, O‘zbekiston
2024-yil 2–4-oktabr

Jamg‘arma Qohiradagi “Ijodiy tashabbuslar va madaniy strategiyalar” anjumanida IV WCCE konsepsiyasini taqdim etdi

Jamg‘arma Qohiradagi “Ijodiy tashabbuslar va madaniy strategiyalar” anjumanida IV WCCE konsepsiyasini taqdim etdi

02.11.2023

O‘qish vaqti: 1 min.

2023-yil 2-noyabr kuni O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Qohirada bo‘lib o‘tgan “Ijodiy tashabbuslar va madaniy strategiyalar” forumida IV Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasi konsepsiyasini taqdim etdi.

Forum davomida Afrika, Osiyo va Yevropadan yetakchi tadqiqotchilar va ijodiy soha amaliyotchilari o‘rtasida ilg‘or tajriba almashildi.

Jamg‘arma vakilining nutqidan so‘ng Yaqin Sharq, Bolqon yarim oroli va Afrika mamlakatlari yetakchi tadqiqotchilari va ijodkorlik sohalari vakillari 2024-yil 2-4 oktyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan IV Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasida ishtirok etish istagini bildirdilar.

Forum Britaniya Kengashi tomonidan butun dunyoda ijodiy sohalarni rivojlantirishda yetakchi rol o‘ynaydigan "Creative Industries Policy and Evidence" markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi.