Logo

Toshkent, O‘zbekiston
2024-yil 2–4-oktabr

Indoneziya turizm va kreativ iqtisodiyot vaziri bilan muzokaralar

Indoneziya turizm va kreativ iqtisodiyot vaziri bilan muzokaralar

05.10.2022

O‘qish vaqti: 2 min.

Balidagi III Butunjahon ijodiy iqtisodiyot konferensiyasi doirasida Indoneziya turizm va ijodiy iqtisodiyot vaziri Sandiaga Uno bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston tomonidan Madaniy meros agentligi direktori Bahodir Abdikarimov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktori maslahatchisi, Kommunikatsiya va strategik rivojlanish boshqarmasi boshlig‘i Elmurod Najimov hamda Jamg‘armaning Ta’lim va inklyuzivlik boshqarmasi boshlig‘i Madina Badalova ishtirok etdi. Tomonlar kelgusida mamlakatimizda muzey yo‘nalishi va ijodiy sohani birgalikda rivojlantirish bo‘yicha Memorandum imzolash imkoniyatini muhokama qildilar.

Sandiaga Uno O‘zbekiston madaniyati va uning yorqin namoyandalariga nisbatan uzoq yillik qiziqishi mavjudligini ta’kidladi. 2024-yilda bo‘lajak konferensiya sharofati bilan O‘zbekistonga tashrif buyurish, ham davlat darajasi, ham xususiy madaniy tashabbuslar doirasida mamlakatda sayyohlik istiqbollarini rivojlantirish, muzey sohasini qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro miqyosdagi mutaxassislar orasida tajriba almashinuvini rag‘batlantirishga xizmat qiluvchi loyihalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyati tug‘iladi.